Envast investitsiya platformasida xizmatlar qanday ko‘rsatilishi, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari hamda operatorning tariflari.
Operator investitsiyalarni jalb qilishni elektron shaklda tuziladigan qo‘shilish shartnomalari orqali tashkil etadi.
Operator investitsiya takliflarini joylashtirish va investitsiya shartnomalarini tuzish uchun platformaga kirishni ta’minlaydi.
To‘lovchi: loyiha egasiOperator takliflar bilan tanishish, ularni aksept qilish va shartnoma tuzish uchun platformaga kirish imkonini beradi.
To‘lovchi: investorIkkala shartnoma ham qo‘shilish shartnomasi hisoblanadi va shaxsiy kabinetda elektron raqamli imzo yoki boshqa autentifikatsiya vositasi bilan tasdiqlanadi. Tuzilgan shartnomalar reyestrga kiritiladi va ular bo‘yicha raqamli elektron guvohnoma shakllantiriladi
Jarayon ikki tomon uchun ajratilgan: loyiha egasi mablag‘ jalb qiladi, investor esa sarmoya kiritadi.
Tekshiruvdan o‘tgan investitsiya taklifi platformada e‘lon qilinadi.
Investorlar aksepti bilan mablag‘ nominal va/yoki eskrou hisobvaraqda to‘planadi.
Minimal summaga yetmasa taklif bekor qilinadi; maksimalga yetsa akseptlar to‘xtatiladi.
Chegara yopilgach mablag‘ loyiha egasiga 3 ish kunidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Investor loyiha, tavakkalchiliklar, xarajatlar va hisob-kitob shartlari bilan tanishadi.
Taklifni qabul qiladi va mablag‘ini nominal va/yoki eskrou hisobvaraqqa kiritadi.
Mablag‘ loyiha egasiga o‘tkazilgach shartnoma tuzilgan hisoblanadi va guvohnoma shakllanadi.
Belgilangan muddatda investitsiyani bekor qilsa, mablag‘ 3 ish kunida qaytariladi.
Pul mablag‘larining hisob-kitobi faqat O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi nominal va/yoki eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi.
Investorlarning mablag‘larini alohida hisobga olish va loyiha egalariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankda ochilgan operator hisobvarag‘i.
Mablag‘ loyiha egasiga o‘tkazilishi yoki investorga qaytarilishi shartlari yuzaga kelguniga qadar saqlanadigan hisobvaraq.
Operator quyidagi ma’lumotlarni hamma foydalanishi uchun platformada oshkor qiladi.